Urest haqida
Biz restoran biznesini avtomatlashtirish uchun zamonaviy va ishonchli yechimlar yaratamiz. Texnologiyalarimiz muassasalarning asosiy operatsion jarayonlarini qamrab oladi hamda egalari va boshqaruvchilariga xodimlar ishini optimallashtirish, savdo va ombor qoldiqlarini nazorat qilish, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aniq ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Bizning yechimlarimizdan foydalangan holda restoranlar yanada samarali ishlaydi, xarajatlarni kamaytiradi va daromadni barqaror ravishda oshiradi.
Bizning maqsadimiz
Restoranni boshqarishni oddiy va samarali qilish. Biz texnologiyalar biznes rivojiga xizmat qilishi, qo‘shimcha qiyinchiliklar yaratmasligi kerak, deb hisoblaymiz.
Bizning maqsadimiz
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda restoran biznesini avtomatlashtirish sohasida yetakchi bo‘lish, jahon darajasidagi innovatsion yechimlarni taqdim etish.
Bizning qadriyatlarimiz
O'zbek mahsuloti
O‘zbekiston restaratorlarining ishonchi va restoran biznesini raqamlashtirish hamda avtomatlashtirish sohasida tasdiqlangan ekspertiza.
Oddiylik
Ortiqcha narsalardan voz kechib, biz murakkabni oddiyga aylantiramiz, foydalanish qulayligi va amalga oshirish soddaligi o‘rtasida muvozanat topamiz, cheklovlarni aniq belgilab, ichki arxitekturani mukammal darajaga yetkazamiz.
Mahsuldorlik
Biz eng katta natija beruvchi jihatlarga e’tibor qaratamiz, samarasiz jarayonlar, mahsulotlar va xodimlardan voz kechamiz, kam resurslar bilan ko‘proqqa erishamiz va avtomatlashtirish orqali mehnatdan samarali foydalanamiz.
Jamoa
Biz hamkorlikda ishlash va rivojlanishni istagan professionalardan tashkil topgan jamoa yaratamiz, rollarni aniq taqsimlaymiz, o‘zaro yordam va hurmatni saqlaymiz va umumiy maqsadlarga erishamiz.
Javobgarlik
Biz proaktivmiz, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga tayyormiz, olgan majburiyatlarimizni bajaramiz va harakatlarimizning mijozlarga ta’sirini anglaymiz.
Innovatsiya
Bugungi harakatlarimiz ertaga yangi imkoniyatlarni ochadi: biz o‘zgarishlarga tez reaktsiya qilamiz, keng va uzoq muddatli nuqtai nazardan qaraymiz, faqat muammolarni emas, imkoniyatlarni ham ko‘ramiz.